Fuqarolar murojaati
O`zRFA,S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti

Elektron mikroskopi va Aztec Advanced (Oxford Instruments) EDS qurilmasida xizmat ko'rsatish

Umumiy ta'rif

JEOL JSM-IT510 InTouchScope™ seriyasiga mansub analitik skanerlash elektron mikroskopi (SEM) bo'lib, namunalarning yuqori ajrata olish qobiliyatiga ega tasvirlarini olish, morfologik tuzilishini o'rganish hamda Oxford Instruments Aztec Advanced dasturiy ta'minotiga integratsiyalashgan energodispersion rentgen spektroskopiyasi (EDS/EDX) tizimi yordamida elementar tarkibiy tahlilini o'tkazish uchun mo'ljallangan.

Qurilma yuqori vakuum va past vakuum (variable pressure) rejimlarida ishlash imkoniyatiga ega bo'lib, bu o'tkazuvchan hamda o'tkazmaydigan (nometall, biologik, polimer va boshqa) namunalarni ham maxsus qoplamasiz tekshirish imkonini beradi. Qurilma Live EDS, Live 3D, Zeromag va Simple SEM kabi avtomatlashtirilgan funksiyalar bilan jihozlangan bo'lib, bu tahlil sifati va tezligini oshiradi.

Aztec Advanced — Oxford Instruments kompaniyasining zamonaviy dasturiy-apparat kompleksi bo'lib, silikon-drift detektor (SDD) asosida ishlaydi. U namunaning kimyoviy tarkibini nuqtali, chiziqli va xaritalash (mapping) rejimlarida sifat va miqdoriy jihatdan tahlil qilish, shuningdek real vaqt rejimida (Live EDS) elementlar xaritasini kuzatish imkonini beradi.

SEM (JEOL JSM-IT510) asosiy texnik tavsiflari

Elektron manbasi

Volfram (W) katod (termoemission)

Tezlatuvchi kuchlanish

0,3 – 30 kV

Ajrata olish qobiliyati (yuqori vakuum)

3,0 nm (30 kV da)

Ajrata olish qobiliyati (past vakuum)

4,0 nm (30 kV, BED tasvir)

Kattalashtirish diapazoni

x5 – x300 000 (to'g'ridan-to'g'ri)

Vakuum rejimlari

Yuqori vakuum va past vakuum (o'zgaruvchan bosim)

Namuna stoli

Eutsentrik tipdagi, X: 125 mm, Y: 100 mm, Z: 80 mm, egilish: -10°...90°, aylanish: 360°

Maksimal namuna o'lchami

≈100 mm diametr

Detektorlar

Ikkilamchi elektron detektori (SED), orqaga sochilgan elektron detektori (BED, quadrant tipida)

Avtomatik funksiyalar

Fokus, stigmator, yorqinlik/kontrast, gun alignment avtomatik sozlanishi

Qo'shimcha imkoniyatlar

Live 3D sirt rekonstruksiyasi, Zeromag, Simple SEM avtomatlashtirilgan tasvir olish


EDS/EDX (Aztec Advanced, Oxford Instruments) asosiy texnik tavsiflari

Detektor turi

Silikon-drift detektor (SDD), suyuq azotsiz sovutish tizimi

Detektor sathi

30 – 170 mm² (konfiguratsiyaga bog'liq)

Energetik ajrata olish qobiliyati

≤ 129 eV (Mn-Kα chizig'ida)

Aniqlanadigan elementlar diapazoni

Bor (B, Z=5) dan Kaliforniy (Cf, Z=98) gacha

Maksimal hisoblash tezligi

> 1 000 000 hisob/soniya (cps)

Tahlil rejimlari

Nuqtali, chiziqli skanerlash, maydonlarni xaritalash (mapping)

Dasturiy ta'minot

Aztec (Oxford Instruments) — sifat va miqdoriy tahlil, standartsiz kvantifikatsiya (Tru-Q algoritmi)

Qo'shimcha funksiyalar

Live EDS spektri, Live X-ray xaritalash, avtomatik zarrachalar/feature tahlili

Qo'llanish sohalari

  • Materialshunoslik va metallurgiya — mikrotuzilma va faza tarkibini o'rganish

  • Yarim o'tkazgichlar va yupqa plyonkalar — sirt morfologiyasi va element taqsimotini tahlil qilish

  • Nanotexnologiya — nanozarralar va nanostrukturalarning o'lchami hamda shaklini aniqlash

  • Geologiya va mineralogiya — minerallarning fazaviy va elementar tarkibini aniqlash

  • Biologiya va tibbiyot — biologik namunalarning sirt tuzilishini o'rganish

  • Sifat nazorati va sanoat diagnostikasi — nuqsonlarni aniqlash va tarkibni tekshirish

Ortga qaytish

Biz bilan bog'laning

Telefon: +99871 235 93 61

Faks: +99871 235 42 91

E-mail: ftikans@uzsci.net

Manzil: O'zbekiston, 100084, Toshkent sh., Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2B uy

Obuna bo'ling

E-mail manzilingizni kiriting va bizning saytimizdan yangi materiallar, yangiliklar va foydali maslahatlarni darhol elektron pochtangizga yuboring: