O`zRFA,S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti
“KELAJAK MUHANDISLARI” KO‘RIK-TANLOVING YANA BIR G‘OLIBI — FIZIKA-TEXNIKA INSTITUTI VAKILI!
Новости
30.09.2026
“Kelajak muhandislari” ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi g‘oya” yo‘nalishi “Amaliyotchi muhandis” kategoriyasida 2-o‘rinni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti Quyosh issiqlik va energetik qurilmalar laboratoriyasi katta ilmiy xodimi Ahmadov Xushdil San’atovich egalladi. 2-o‘rin — Ahmadov Xushdil San’atovich G‘oya: “Vodorod olish uchun mujassamlashgan quyosh nurlanishi asosida ishlovchi termokimyoviy reaktor” Mazkur g‘oya qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish hamda vodorod olish texnologiyalarini rivojlantirish yo‘nalishiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Fizika-texnika instituti jamoasi Ahmadov Xushdil San’atovichni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etadi! Ilmiy izlanishlar, innovatsion g‘oyalar va yangi yutuqlarda omad tilaymiz!