Fuqarolar murojaati
O`zRFA,S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti ilmiy xodimlari “O‘zbekiston–Xitoy” tanlovi g‘olibi!!!

Новости
22.09.2026
“O‘zbekiston–Xitoy” TANLOV NATIJASI O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti ilmiy xodimlarining xalqaro ilmiy loyihalardagi faol ishtiroki yana bir bor yuqori natijalar bilan e’tirof etildi.  “O‘zbekiston–Xitoy” qo‘shma xalqaro loyihalar tanlovi yakunlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha g‘olib deb topilgan 31 ta loyihaning 2 tasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika institutiga tegishli bo‘ldi.
G‘olib loyihalar:
- Axatov Jasurjon Saidovich — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti laboratoriya mudiri.
“Vodorod ishlab chiqarish uchun quyosh energiyasi bilan ishlaydigan biomassani gazlashtirish texnologiyasini tadqiq etish” mavzusidagi loyiha.
- Sharopov Utkirjon Bahodirovich — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi.
“Mining key biosynthetic genes for active substances and efficacy-toxicity profiling of rheum species in China-Uzbekistan cooperation” mavzusidagi loyiha.
    Respublika miqyosida g‘olib bo‘lgan 31 ta loyihaning 2 tasi institutimiz olimlariga tegishli ekani — S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika institutida xalqaro ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish borasida salmoqli ilmiy salohiyat shakllanganining muhim natijasidir.
Institut rahbariyati nomidan Axatov Jasurjon Saidovich hamda Sharopov Utkirjon Bahodirovichni ushbu yuksak natija bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
Ularga qo‘shma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, ilmiy izlanishlarida yangi natijalarga erishish va xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
    Shuningdek, institutimizning barcha ilmiy xodimlarini yangi xalqaro loyihalar va ilmiy grantlarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritishga chorlaymiz.
Ilm-fan va xalqaro hamkorlik yo‘lidagi har bir yutuq — institutimizning umumiy yutug‘idir!
S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti rahbariyati!!!

Back to the list


Biz bilan bog'laning

Telefon: +99871 235 93 61

Faks: +99871 235 42 91

E-mail: ftikans@uzsci.net

Manzil: O'zbekiston, 100084, Toshkent sh., Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2B uy

Obuna bo'ling

E-mail manzilingizni kiriting va bizning saytimizdan yangi materiallar, yangiliklar va foydali maslahatlarni darhol elektron pochtangizga yuboring: