Fuqarolar murojaati
O`zRFA,S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti

S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti olimlari xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

Новости
14.09.2026
    S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti olimlari xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
2026-yil 11–12-sentabr kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida Tojikiston Milliy Fanlar akademiyasining S.U. Umarov nomidagi Fizika-texnika instituti tomonidan tashkil etilgan “Modern Theory of Solitons and Nonlinear Dynamical Systems” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur xalqaro anjumanda S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti vakillari ham faol ishtirok etdilar.
Jumladan, institut direktori, fizika-matematika fanlari doktori, professor X.K. Olimov tomonidan yuqori energiyalar fizikasi sohasidagi ilmiy ma’ruza hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot namoyish etildi.
Shuningdek, konferensiyada institutning:
 - “Yuqori energiyalar fizikasi” laboratoriyasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Olimov Kosim;
 - Nazariy fizika laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi Eduard Tsoy Nikolayevich
o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
 - Konferensiya doirasida zamonaviy nazariy fizika, solitonlar nazariyasi va nolinear dinamik tizimlarning dolzarb masalalari yuzasidan ilmiy fikr va tajriba almashildi.
 - Ilmiy safar yakunlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti hamda Tojikiston Milliy Fanlar akademiyasi S.U. Umarov nomidagi Fizika-texnika instituti laboratoriyalari olimlari o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun muhim ahamiyat kasb etdi.
Kelgusida mazkur ikki ilmiy muassasa olimlari o‘rtasida dolzarb mavzulardagi ilmiy-amaliy tadqiqotlar hajmi va ko‘lamini kengaytirish, ilmiy natijalar almashinuvini kuchaytirish hamda qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish kutilmoqda.
Xalqaro ilmiy hamkorlik — yangi ilmiy g‘oyalar, qo‘shma tadqiqotlar va yuqori natijalar sari muhim qadam!
Untitled.jpeg
1.jpeg 2.jpeg
3.jpeg
4.jpeg

Back to the list


Biz bilan bog'laning

Telefon: +99871 235 93 61

Faks: +99871 235 42 91

E-mail: ftikans@uzsci.net

Manzil: O'zbekiston, 100084, Toshkent sh., Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2B uy

Obuna bo'ling

E-mail manzilingizni kiriting va bizning saytimizdan yangi materiallar, yangiliklar va foydali maslahatlarni darhol elektron pochtangizga yuboring: